Bridgin
KirishRo'yxatdan o'tish
HamjamiyatImkoniyatlarAICVProfil

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-10-15

Mundarija

  1. Kirish
  2. Biz yig'adigan ma'lumotlar
  3. Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz
  4. AI xizmatlari va uchinchi tomonlar
  5. Cookie va autentifikatsiya
  6. Ma'lumotlarni saqlash va xavfsizlik
  7. Ma'lumotlarni kim bilan ulashamiz
  8. Sizning huquqlaringiz
  9. Saqlash muddati
  10. Yosh chegarasi
  11. Siyosatga o'zgartirish kiritish
  12. Bog'lanish

1 Kirish

Ushbu Maxfiylik siyosati Bridgin platformasi (bridgin.uz sayti va uning mobil ilova sifatida o'rnatiladigan versiyasi, birgalikda — "Platforma") orqali qanday shaxsiy ma'lumotlar yig'ilishi, ulardan qanday foydalanilishi va qanday himoyalanishini tushuntiradi. Platformadan foydalanish orqali siz ushbu siyosat bilan tanishganingizni va unga rozilik bildirganingizni anglatadi.

2 Biz yig'adigan ma'lumotlar

Ro'yxatdan o'tishda: ism, familiya, email manzil, parol (shifrlangan holda saqlanadi) va ixtiyoriy profil rasmi.

Profilni to'ldirishda: telefon raqami, "Men haqimda" matni, universitet, fakultet, yo'nalish, kurs, guruh, GPA (o'zlashtirish ko'rsatkichi), HEMIS ID va qiziqishlar ro'yxati.

Hujjatlar bo'limida: siz yuklaydigan sertifikat, tavsiyanoma, ilmiy maqola, tezis va shunga o'xshash fayllar (har biri 5 MB gacha).

Messenger'da: boshqa foydalanuvchilar bilan yozishmalaringiz matni va ilova qilingan fayllar.

AI Yordamchi va CV Generator'da: siz kiritgan savol/so'rovlar matni.

Avtomatik yig'iladigan ma'lumotlar: so'nggi faollik vaqti (last-seen), qurilma/brauzer haqida texnik ma'lumot (server jurnallarida).

Mobil ilovada: push-bildirishnomalar yuborish uchun qurilmangizning push tokeni, platforma (iOS/Android), ilova versiyasi, ilova tili va qaysi turdagi bildirishnomalarni yoqqaningiz. Tizimdan chiqqaningizda yoki ilovani o'chirganingizda token bazadan o'chiriladi.

3 Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz

  • Hisobingizni yaratish, autentifikatsiya qilish va profilingizni ko'rsatish uchun;
  • Sizga mos stipendiya va e'lonlarni tavsiya qilish uchun;
  • AI Yordamchi orqali shaxsiylashtirilgan javob va CV loyihasi tayyorlash uchun;
  • Boshqa foydalanuvchilar bilan xabar almashish (Messenger) funksiyasini ta'minlash uchun;
  • Email orqali tasdiqlash kodi (OTP) va muhim bildirishnomalar yuborish uchun;
  • Platforma xavfsizligini ta'minlash, firibgarlik va suiiste'molning oldini olish uchun.

Ma'lumotlaringiz reklama maqsadida sotilmaydi va uchinchi tomonlarga tijorat maqsadida berilmaydi.

4 AI xizmatlari va uchinchi tomon provayderlar

"AI Yordamchi" funksiyasi javob tayyorlash uchun sun'iy intellekt provayderlaridan (Anthropic Claude, zaxira sifatida OpenAI) foydalanadi. Sizning so'rovingiz, tegishli profil va hujjat ma'lumotlaringiz (masalan, GPA, yo'nalish, hujjatlar ro'yxati) hamda stipendiya/e'lon ma'lumotlari aniqroq javob berish uchun ushbu provayderlarga kontekst sifatida yuboriladi. Bu provayderlar o'z maxfiylik siyosatiga ega bo'lgan mustaqil kompaniyalardir.

CV Generator asosan sizning profil va hujjat ma'lumotlaringiz asosida to'g'ridan-to'g'ri shakllantiriladi; yakuniy PDF fayl esa qurilmangizning o'zida (brauzeringizda) generatsiya qilinadi va bizning serverimizga yuklanmaydi.

5 Cookie va autentifikatsiya

Tizimga kirganingizda brauzeringizga ikkita xavfsiz cookie fayli o'rnatiladi: qisqa muddatli "kirish" tokeni (7 kun) va uzoqroq muddatli "yangilash" tokeni (30 kun). Ular faqat sizni tizimda saqlab turish uchun ishlatiladi — reklama yoki kuzatuv (tracking) maqsadida foydalanilmaydi. Tizimdan chiqqaningizda (Chiqish tugmasi) tokenlar serverda bekor qilinadi.

Saytdan qanday foydalanilishini tushunish uchun Yandex Metrica tashrif statistikasidan foydalanamiz: qaysi sahifalar ochilgani, qayerdan kelingani (masalan, Telegram kanalimizdan), qaysi havolalar bosilgani, qurilma va brauzer turi. Metrica o'z cookie fayllarini o'rnatadi. Ekran harakatlarini yozib olish (Vebvizor) o'chirilgan; ismingiz, emailingiz, hujjat va xabarlaringiz Metrica'ga yuborilmaydi.

Sayt barqaror ishlashi uchun texnik xatolar haqidagi hisobotlar Sentry xizmatiga (serverlari Yevropa Ittifoqida) yuboriladi: xato matni, sahifa manzili, brauzer va qurilma turi. Bu hisobotlarga ism, email, parol yoki hujjatlaringiz kiritilmaydi.

6 Ma'lumotlarni saqlash va xavfsizlik

Barcha ma'lumotlar (profil, hujjatlar, xabarlar) bizning o'z serverimizda saqlanadi — tashqi bulutli xotira xizmatlaridan (masalan, umumiy bulutli saqlash provayderlari) foydalanilmaydi. Parollar qaytarib bo'lmaydigan holatda shifrlanadi. Shunga qaramay, internet orqali uzatishning va elektron saqlashning mutlaqo xavfsiz usuli yo'qligini yodda tuting — biz oqilona texnik va tashkiliy choralarni ko'ramiz, biroq 100% xavfsizlikni kafolatlay olmaymiz.

7 Ma'lumotlarni kim bilan ulashamiz

  • AI provayderlari (Anthropic, OpenAI) — faqat AI Yordamchi so'rovingizga javob shakllantirish uchun, yuqorida tushuntirilganidek;
  • Email xizmati — tasdiqlash kodi va bildirishnomalarni yetkazish uchun;
  • Yandex Metrica — tashrif statistikasi uchun, 5-bo'limda tushuntirilganidek;
  • Sentry — texnik xatolar hisobotlari uchun (shaxsiy ma'lumotlarsiz);
  • Expo, Apple va Google — mobil ilovaga push-bildirishnoma yetkazish uchun: qurilma tokeni, bildirishnoma sarlavhasi va qisqa matni (masalan, yangi xabarning boshlanishi);
  • Qonuniy talab holatida — vakolatli davlat organlarining qonuniy so'rovi bo'lsa.

Bundan tashqari hech qanday holatda ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi.

8 Sizning huquqlaringiz

Siz istalgan vaqtda quyidagi huquqlarga egasiz:

  • Profil ma'lumotlaringizni "Profil" bo'limida ko'rish va tahrirlash;
  • Yuklagan hujjatlaringizni o'chirish;
  • Hisobingizni butunlay o'chirish — Hisobni o'chirish sahifasida (yoki mobil ilova sozlamalarida) parolingizni kiritib o'zingiz o'chira olasiz; kira olmasangiz, quyidagi kontakt orqali murojaat qiling;
  • Ma'lumotlaringiz qanday ishlatilishi haqida qo'shimcha tushuntirish so'rash.

9 Saqlash muddati

Ma'lumotlaringiz hisobingiz faol bo'lgan davrda saqlanadi. Hisobni o'chirganingizda profil, hujjatlar va yuklangan fayllar, postlar, izohlar, xabarlar, CV va xatlar darhol o'chiriladi. To'lovlar tarixi qonun talabiga ko'ra saqlanadi, lekin hisobingiz bilan bog'lanmaydi. Server zaxira nusxalarida ma'lumotlar qolishi mumkin — ular faqat tizimni avariyadan tiklash uchun ishlatiladi.

10 Yosh chegarasi

Platforma birinchi navbatda oliy ta'lim talabalari uchun mo'ljallangan. 18 yoshga to'lmagan shaxslar ota-ona yoki vasiysining roziligi bilan ro'yxatdan o'tishlari tavsiya etiladi.

11 Siyosatga o'zgartirish kiritish

Ushbu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida sahifadagi "Oxirgi yangilanish" sanasi orqali xabardor qilinasiz.


12 Bog'lanish

Maxfiylik siyosati bo'yicha savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning:

info@bridgin.uz +998 93 644 40 39
Bridgin

O'zbekiston talabalari uchun intellektual va ijtimoiy rivojlanish platformasi. AI texnologiyalari yordamida akademik va kasbiy muvaffaqiyatga erishing.

Platforma
  • Bosh sahifa
  • Stipendiyalar
  • E'lonlar
  • Hujjat kutubxonasi
  • Yutuqlar devori
  • Hamkorlar uchun
  • Xavfsizlik
  • Tariflar
AI Xizmatlar
  • AI Yordamchi
  • CV Generator
  • Messenger
Bog'lanish
  • Yordam markazi
  • E'lonlar
  • info@bridgin.uz
  • +998 93 644 40 39
  • Farg'ona sh.

© 2026 Bridgin. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlari