← Orqaga

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi

💰 1 607 130 so‘m/oy ⏰ 15-avgust, 2026 · Muddat o'tgan🏫 O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi🎓 Bakalavr
Tavsif

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan qo‘shma taʼlim dasturlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi. Kvota jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishlari mavjud har bir oliy taʼlim muassasasi uchun 1 tadan belgilanadi. Stipendiya 1-sentabrdan boshlab, bir o‘quv yili uchun to‘lanadi. Sohibga “Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasining sohibi” guvohnomasi beriladi. Nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadilar.

Stipendiya talablari
  • Kunduzgi taʼlim shakli
  • Oxirgi ikki kurs
  • Baholarni 25% dan ko'p qismi yaxshi bo'lmasligi; 3 baho bo'lmasligi
  • Ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish
  • Yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish
  • O‘zbekiston tarixini bilish
  • Davlat tilini va bitta xorijiy tilni bilish (MDH davlat tillaridan tashqari)
  • Agar taʼlim yo‘nalishi xorijiy til bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy til
  • 3x4 shakl (barcha stipendiyalar uchun majburiy)
  • Ma'lumotnoma (barcha stipendiyalar uchun majburiy)
Xavfsizlik eslatmasi

Rasmiy grantlar ariza uchun pul so'ramaydi. «Kafolatlangan grant» va'da qilib to'lov so'raganlardan ehtiyot bo'ling. Bridgin hech qachon pul so'ramaydi.

Ariza qabul qilish yakunlangan

Bu stipendiyaga arizalar 15-avgust, 2026 gacha qabul qilingan. Bunday grantlar odatda har yili qayta e'lon qilinadi — talablar bilan tanishib, hujjatlaringizni oldindan tayyorlab qo'ying.

Ochiq stipendiyalarni ko'rishYangi grantlar — Telegram kanaldaHujjatlarni tayyorlash