Bobur nomli davlat stipendiyasi
Tavsif
Bobur nomli davlat stipendiyasi tarix va geografiya yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan qo‘shma taʼlim dasturlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi. Kvota tarix va geografiya yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi har bir oliy taʼlim muassasasi uchun alohida 1 tadan belgilanadi. Stipendiya 1-sentabrdan boshlab, bir o‘quv yili uchun to‘lanadi. Sohibga “Bobur nomli davlat stipendiyasining sohibi” guvohnomasi beriladi. Nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadilar.
Stipendiya talablari
- Kunduzgi taʼlim shakli
- Oxirgi ikki kurs
- Baholarni 25% dan ko'p qismi yaxshi bo'lmasligi; 3 baho bo'lmasligi
- Ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish
- Yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish
- O‘zbekiston tarixini bilish
- Davlat tilini va bitta xorijiy tilni bilish (MDH davlat tillaridan tashqari)
- Agar taʼlim yo‘nalishi xorijiy til bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy til
- 3x4 shakl (barcha stipendiyalar uchun majburiy)
- Ma'lumotnoma (barcha stipendiyalar uchun majburiy)
Rasmiy grantlar ariza uchun pul so'ramaydi. «Kafolatlangan grant» va'da qilib to'lov so'raganlardan ehtiyot bo'ling. Bridgin hech qachon pul so'ramaydi.
Ariza qabul qilish yakunlangan
Bu stipendiyaga arizalar 15-avgust, 2026 gacha qabul qilingan. Bunday grantlar odatda har yili qayta e'lon qilinadi — talablar bilan tanishib, hujjatlaringizni oldindan tayyorlab qo'ying.
Ochiq stipendiyalarni ko'rishYangi grantlar — Telegram kanaldaHujjatlarni tayyorlash